Amerikalik maktab o‘quvchilari darsda interaktiv kompyuter o‘yini yordamida AQShdagi qullar boshiga tushgan musibatlarni his qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.
“AQSh missiyasi: Ozodlikka parvoz” (Mission US: Flight to Freedom) nomi ostidagi o‘yinni ishlab chiqqan Nyu-York kompaniyasi o‘qituvchilarga qullik tarixi haqidagi darslarda o‘z mahsulotlaridan foydalanishni taklif qilmoqda.
O‘yin syujetiga ko‘ra, o‘quvchilar qora tanli cho‘ri — 14 yoshli Lyusi King nomidan harakat qilishi va plantatsiyalardan qochib ketishga urinar ekan, turli qarorlar qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Ba’zi o‘qituvchilar allaqachon ushbu dasturdan foydalanishni boshlab yuborgan va hatto unga yuqori baho bermoqda. Boshqalar esa, aksincha bu kompyuter o‘yini orqali qullarning azob-uqubatlari bolalar uchun vaqtichog‘likka aylanganini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)