Afg‘oniston shimoli-sharqida qor juda ko‘p yog‘gani tufayli kamida 108 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net” mahalliy shoshilinch xizmat vakiliga tayanib.
Uning aytishicha, mamlakat shimoli-sharqidagi to‘rtta provinsiyada qor ko‘chgan. Ofatdan eng ko‘p Panjsher provinsiyasi aholisi jabr ko‘rgan.
Qor ko‘chkilari tumandagi 100 ga yaqin uy-joyni vayron qilgan. Ba’zi hududlarda qor balandligi bir metrga yetadi, ko‘plab ko‘chalarda daraxtlar qulab, yo‘lni yopib qo‘ygan. Afg‘oniston poytaxti Qobulga esa ayni paytda qor bo‘roni yopirilgan.
Izoh (0)