Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanadaning Toronto shahrida sirli tunnel topildi, deya xabar bermoqda Meduza. U 2015-yil yozida Panamerika o‘yinlari doirasida tennis bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadigan kortlar yaqinida joylashgan.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Yer osti yo‘lagining uzunligi taxminan 10 metr, kengligi va balandligi 2 metrni tashkil etadi. Shift professional ravishda qoziqoyoqlar bilan mahkamlangan. Bu tunnelni kim va nima uchun qazigani noma’lum.

Patrul politsiyachisi uni 14-yanvarda topib olgan, bu haqda rasman 24-fevral kuni ma’lum qilingan.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Toronto politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Mark Saunders so‘zlariga ko‘ra, tunnelga tushish uchun narvon o‘rnatilgan, ichkariga yorug‘lik o‘tkazilgan. Chuqurga kirish joyining yaqinida elektr generator, havo kompressori va suv tortib chiqaradigan nasos topilgan.

Tunnelning o‘zida asboblar, bo‘sh butilkalar, oziq-ovqat konteynerlari va plastik lolaqizg‘aldoq gulidan tasbeh topilgan.

Politsiya tunnelning qurilishi qachon boshlangani, u oxiriga yetkazilgan-yetkazilmagani, u qayerga olib borishi kerak bo‘lganini bilmaydi. Politsiya butun shahar aholisiga yordam so‘rab murojaat qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi