Kanadaning Karlton universiteti olimlari oltin va undan ishlangan taqinchoqlar qator ruhiy kasalliklar, jumladan depressiyani keltirib chiqarishi mumkinligini aniqladi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Tadqiqotchilarning fikricha, qimmatbaho metalldan ishlangan taqinchoqlar bosh miyadagi barcha jarayonlarni faollashtirib, organizmdagi moddalar almashinuvini sekinlashtiradi. Tilla uni taqqan kishida ko‘proq salbiy hissiyotlar uyg‘onishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, olimlar oltin insonning energiyasini olishi mumkinligini ham ta’kidlagan. Shu sababli uni kun bo‘yi taqib yurish, ayniqsa uni taqib uxlashni umuman tavsiya qilmasliklarini ma’lum qilishgan. Kumush esa aksincha, asab tizimini tinchlantirib, bosh og‘rig‘ini olishi qayd etilgan.
Izoh (0)