Quyoshni kuzatish bo‘yicha kosmik apparat SOHO (Solar and Heliospheric Observatory) yangi g‘ayrioddiy kometani topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
SOHO-2875 (C/2015 D1) nomini olgan kometaning g‘ayrioddiyligi shundaki, u hech qaysi kometalar oilasiga mansub emas. Ikkinchidan, u Quyoshga juda yaqinlashganiga qaramay, omon qolgan.
18-fevraldan 21-fevralgach bo‘lgan davrda SOHO-2875 (C/2015 D1) Quyosh yuzasidan atigi 3,5 million kiolmetrlik masofadan uchib o‘tgan. Qayd etilishicha, odatda bunday masofaga yaqinlashgan kometalar bug‘lanib ketishi kerak.
Izoh (0)