“O‘zbekkino” milliy agentligi “Samarqandkino” viloyat hududiy bo‘limi tashabbusiga ko‘ra Keksalarni e’zozlash yili munosabati bilan oltmish yoshdan oshgan yurtdoshlarimizga kinoteatrlarga kirishning bepul tizimini joriy qilindi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti.
20-fevraldan boshlab mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan barcha kinoteatrlarda keksa kishilar uchun badiiy filmlar bepul namoyish etiladi.
Shuningdek, otaxon-u onaxonlar yil davomida haftaning yakshanba kunlari barcha kinoteatrlarda (3D o‘lchamdagi kinoteatrlar bundan mustasno) yangi filmlarni bepul tomosha qilishlari mumkin.
Izoh (0)