“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi TelecomTV savdo belgisi ostida ko‘rsatayotgan xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadidda Buxoro va Qo‘qonda IPTV CDN uskunlarini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
IPTV interaktiv televideniye xizmati foydalanuvchilarga 61 ta televizion kanalni SD (Standard Definition) formatida ko‘rish imkonini beradi va qator qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etadi.
Qayd etilishicha, bu boradagi xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida Buxoro va Qo‘qon shaharlarida CDN (content distribution network) uskunalari ham o‘rnatilgan. Bu efirda yuklash tezligini oshirish imkonini beradi. Yaqin orada HD (high definition) formatidagi kanallarni taqdim etish ham ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)