Facebook rahbari Mark Sukerberg o‘z global tashabbusi — Internet.org’ni ilgari surish uchun Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoga qilgan safarlari natijasi haqida Bloomberg nashriga intervyu berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ushbu loyiha Yerning butun aholisini internetga ulab, ularga bazaviy internet-servislar, jumladan Facebook’ka bepul kirish imkoniyatini berishni maqsad qilgan.
Internet.org doirasida Facebook hamkorlik qila boshlagan birinchi davlat Zambiya bo‘ldi, u yerda loyiha yaxshi natijalar berdi. Dastur doirasida Zambiya va Keniya aholisini Ebola va OIV haqida xabardor qilish orqali mintaqada epidemiya tarqalishining oldi olindi. Osiyoda esa Internet.org Indoneziya, Malayziya va Filippin hukumatlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Izoh (0)