Isroilning StoreDot kompaniyasi yangi texnologiya yaratib, uning smartfon va planshet akkumulyatorini bir bir daqiqa ichida zaryadlashini ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Innovatsion texnologiya “nanonuqtalar” yaratishga asoslangan, ular akkumulyator quvvatni tez “singdirib” olishini va to‘liq zaryadlanganidan keyin uni saqlab qolishini ta’minlaydi.
Bunday batareyalar ancha chidamli bo‘lib, ularni minglab marta qayta zaryadlash mumkin, shunda ham ular ishlashda davom etadi.
Yangi turdagi akkumulyatorlarni 2016-yildan keng ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)