Nigeriya shimoli-sharqida joylashgan Potiskum shahridagi avtobus bekatida terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Qayd etilishicha, terrorchi yo‘lovchilar avtobusga o‘tirishini kutgan, keyin esa o‘zi ham uning ichiga kirib, portlovchi vositani harakatga keltirgan.
Terakt uchun javobgarlikni hozircha birorta tashkilot o‘z bo‘yniga olmagan.
Izoh (0)