Qrim rahbari Sergey Aksyonov yarimorolni qaytarishga va’da bergan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni harbiy tribunalda sudlashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Biz unga Qrim tribunalini va’da bergan edik. Ishoning, u bo‘ladi. Uni bu yerga olib kelamiz va sudlaymiz”, − dedi Aksyonov Simferopolda jurnalistlarga.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko “Qrimdagi fojeaviy hodisalarning bir yilligi munosabati bilan Ukraina xalqiga murojaati”da Qrimni Kiyev nazoratiga qaytarishga va’da bergani xabar qilingan edi.
Izoh (0)