Oliy Liganing yangi mavsumiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Rossiya Premyer-ligasi vakili “Amkar” bilan maydonga tushdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Ushbu bellashuvda permliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu “Neftchi”ning Turkiya yig‘inidagi birinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Farg‘onaliklar oldinroq “Istiqlol”ni (Tojikiston) 2:1, “Dnepr”ni (Ukraina) 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Murod Ismoilov jamoasi rejaga ko‘ra, 23-fevralda Ukrainaning “Metallurg” klubi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Nazorat uchrashuvi
“Amkar” (Rossiya) – “Neftchi” (O‘zbekiston): 2:0 (1:0)
Gollar: Yovichich, 44 (1:0). Kireyev, 60 (2:0).
Izoh (0)