Turkiya shimolidagi Sinop shahri yaqinida Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchragan Rossiyaning Fort Azov yuk kemasi cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Bortida 3 ming tonnadan ortiq yuk bo‘lgan kema Bolgariyaning Varna hududi tarafdan kelgan to‘fonga uchragan. Kema kapitani 19-fevral yarim tunga yaqin S.O.S. signalini berib, chap bortdagi tirqish haqida xabar bergan.
Turkiyalik qutqaruvchilar halokat vaqtida zararga uchramagan 12 nafar ekipaj a’zosini kemadan olishga muvaffaq bo‘lgan. Qayd etilishicha, rossiyalik ishbilarmonga tegishli bo‘lgan kema Boltiqbo‘yi davlatlaridan birida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Izoh (0)