Qarshi shahridagi temir yo‘l vokzalini kapital rekonstruksiya qilish chog‘ida nafaqat vokzalning tashqi ko‘rinishi, balki me’moriy tuzilmasi ham tubdan o‘zgarib, zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlandi, deb yozadi “12news.uz”.
“Pravda Vostoka” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, vokzalning umumiy maydoni bir necha yuz metr kvadratga kengaydi. Ortiqcha konstruksiyalar olib tashlanishi va avvaldan sotish kassalari boshqa binoga ko‘chirilishi evaziga kutish zali ham kengaydi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Qarshiga yaqin orada yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar kelishini inobatga olib perron ham qayta qurilgan. Ikkinchi platforma kegaytirilib, temir yo‘llar orasiga to‘siqlar qo‘yilgan.
Izoh (0)