Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida “Shalke” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Shu tariqa “Qirollik klubi” Chempionlar ligasida qatorasiga o‘ninchi marta g‘alaba qozondi. Ushbu natija YeChL uchun rekord hisoblanadi.
Ilk bora bunday natijani Myunxenning “Bavariya” klubi qayd etgan edi. Myunxenliklar 2013-yilning noyabrida Chempionlar ligasida 10 marta qatorasiga g‘alabaga erishib, rekordga erishgan edi.
Izoh (0)