Indoneziya rasmiylari avstraliyalik narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxsla qatl etilishini ortga surmasligini, biroq ularning qarindoshlariga xayrlashish uchun qo‘shimcha vaqt berilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avstraliya rahbariyati 2005-yilda Bali orolidan “yashil qit’a”ga 8 kilogramm geroin olib ketishga uringan Myuran Sukumaran va Endryu Changa nisbatan oliy jazo qo‘llamaslikni so‘rab Indoneziyahukumatiga bir necha marta murojaat qilgan.
Indoneziya bosh prokurori Muhammad Prasetoning so‘zlariga ko‘ra, xayrlashish uchun qo‘shimcha vaqt ajratilishi qatl ortga surilishini bildirmaydi. Ularni avf etish to‘g‘risidagi so‘rov Indoneziya prezidenti tomonidan rad etilgach ayblanuvchilar 2015-yil fevral oyida qatl etilishi ma’lum qilingan. Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juliya Bishop qatl amalga oshirilsa Indoneziyadagi elchi chaqirib olinishi va avstraliyalik sayyohlar Indoneziyaga boykot e’lon qilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)