14-fevral kuni AQShda O‘zbekiston bokschisi Ahror Muralimov amerikalik Derrik Rossiga qarshi ringga chiqadi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Superog‘ir vaznda IBF North American vakant tituli uchun jang AQShning Kvins shahrida tashkil etiladi. Mazkur titul o‘zbekistonlik bokschining kelajakdagi faoliyati uchun muhim o‘rin tutadi.
Rossi hozirgacha 29 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat qayd etgan. Muralimov 16 jangning barchasida zafar quchdi. Ulardan 13 tasida Ahror raqiblarini nokautga uchratgan. Asta-sekinlik bilan jiddiyroq raqiblarga qarshi janglarda zafar quchsa, Ahror reytingda yuqoriga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
AQSh, Kvins, “Resort Uold Kazino”Derrik Rossi [29-9-0, 14] - Ahror Muralimov [16-0-0, 13]IBF North American vakant tituli uchun superog‘ir vazn jangi
Izoh (0)