Xitoyning Gionee kompaniyasi o‘tgan haftada Mobile World Congress anjumanida yangi qurilmasini taqdim etib, eng ingichka smartfon bo‘yicha yetakchilikni yana o‘ziga qaytarib olmoqchiligini ma’lum qildi. Bu haqda “Mail.ru” xabar bermoqda.
Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Gionee taxminan 4,6 mm qalinlikdagi smartfonni namoyish etadi. U 2 Gb tezkor xotiraga ega bo‘lishi va Android 5.0 Lollipop operatsion tizimida ishlashi aytilmoqda.
Eng ingichka smartfon musobaqasini Gionee’ning o‘zi boshlagan va Elife S5.1 (5,1 mm) smartfonini chiqargan edi. Biroq birin-ketin boshqa kompaniyalar qurilmalari — OPPO R5 (4,85 mm), Vivo X5 Max (4,75 mm) va Coolpad Ivvi K1 Mini (4,7 mm) uni birinchilikdan chetlatgan edi.
Izoh (0)