Minskda Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina rahbarlari ishtirokida “normandcha format”dagi muzokaralar 13,5 soatdan buyon davom etmoqda, deb xabar berdi “Yevropeyskaya Pravda”.
Bugun soat 12:00 ga yaqin Poroshenko va Putin muzokaralar zalidan chiqqan, keyinroq esa Merkel va Olland ham chiqqan. Agence France-Presse axborotiga ko‘ra, Pyotr Poroshenko muzokaralarda Rossiya qabul qilib bo‘lmaydigan shartlar qo‘yganini ma’lum qilgan.
#BREAKING: 'Unacceptable' Russian conditions at Minsk summit: Ukraine president
— AFP News Agency (@AFP) February 12, 2015
“TASS” xabar berishicha, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yopiq eshiklar ortida alohida suhbat o‘tkazgan.
Izoh (0)