Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘lgan odamlarning akkauntlariga nisbatan munosabatini o‘zgartirdi: endilikda foydalanuvchilar vafotlaridan keyin akkauntlariga nima bo‘lishini o‘zlari hal qiladi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Facebook akkauntlar egalariga uni o‘limdan keyin boshqaruvchini tayinlashga ruxsat beradi va bu inson eski post yoko fotosuratlarni tahrirlay olish va akkauntni butunlay o‘chirish imkoniyatlarisiz akkauntni qisman boshqarish imkoniga ega bo‘ladi. Muqobil yo‘l sifatida, dunyodan o‘tgach o‘zi haqidagi ma’lumotlarni butunlay o‘chirish imkoni beriladi.
Hozirgacha Facebook o‘limi haqida xabar topgan foydalanuvchilarining yozuvlarini avtomatik ravishda butunlay muzlatib qo‘yayotgan edi. Ushbu siyosat bundan buyon ham yuqoridagi yo‘llardan birini tanlamagan foydalanuvchilar uchun qo‘llashda davom ettirilaveradi.
Izoh (0)