AQSh o‘z harbiylarini Ukraina Milliy gvardiyasi askarlarini shug‘ullantirish uchun Ukraina g‘arbiga jo‘natadi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Amerikalik harbiylar mart oyida 600 nafar ukrainalik gvardiyachini shug‘ullantirishni boshlaydi. Pentagon ukrainalik harbiylarni ichki mudofaa operatsiyalari o‘tkazishga o‘rgatish uchun harbiy-o‘quv rejasini ishlab chiqqan.
Bundan tashqari, prezident Obama ma’muriyati 16-fevralgacha Ukraina xavfsizlik kuchlarini tayyorlash bo‘yicha Kongress oldida hisobot berishi lozim. Ushbu hisobotda berilajak yordam to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)