Anjelina Joli va Bred Pitt hisob bo‘yicha to‘rtinchi bolani asrab oladi, deya xabar bermoqda Woman’s Day o‘z manbalariga tayanib.
Internet-manba ma’lumotlariga ko‘ra, aktyorlar o‘z oilasiga suriyalik ikki yoshli o‘g‘il bolani qabul qilgan. Uni Joli BMT yaxshi niyat elchisi sifatida Turkiyaga borganida qochoqlar lagerida uchratib qolgan. Mussa ismli yetim bolakayning o‘tmishi aktrisani larzaga keltirgan va unga maftun bo‘lgan-qolgan.
Voqea guvohi so‘zlariga ko‘ra, u bolakayni bag‘riga bosib, peshonasidan o‘pgan va shundan keyin ular boshqa ajralmagan.
Internet-nashr yozishicha, Gollivud juftligi ayni paytda bola asrab olishning huquqiy jihatlari bilan shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)