Madridning “Real” klubi muxlislari jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘zini tutishidan va so‘nggi paytda namoyish etayotgan o‘yinidan norozi bo‘lmoqda, deb xabar berdi “Stadion.uz”.
“Real” muxlislari jamoa “Atletiko”ga qarshi o‘yinda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Ronaldu tungi klublardan birida dabdabali ravishda tug‘ilgan kunini nishonlaganini tanqid qilishdi. Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu o‘z tug‘ilgan kuniga atab uyushtirgan kechaga 150 nafar yaqinlarini chaqirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan “Real”dagi bir qator futbolchilar va jamoa rasmiylari ham norozi bo‘lgan.
Izoh (0)