Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zining Germaniyaga ishchi tashrifi davomida AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Myunxenda uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Liga.net”.
Tomonlar Poroshenkoning Angela Merkel va Fransua Olland bilan Kiyevda o‘tkazgan uchrashuvida Minsk kelishuvlarini bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan so‘nggi qo‘shma takliflar asnosida Donbassdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonining rivojini muhokama qilgan. Poroshenko, Merkel va Bayden bu borada tomonlarning harakatlarni muvofiqlashtirgani ham qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr Poroshenko Germaniyaga Xavfsizlik masalalari bo‘yicha 51-Myunxen konferensiyasida qatnashish uchun tashrif buyurgan. 6-fevral kuni esa Fransiya prezidenti va Germaniya kansleri Moskvada Rossiya prezidenti bilan 5 soatdan ortiqroq davom etgan muzokaralarda ishtirok etdi.
Izoh (0)