Saudiya Arabistoni o‘zining Iroq bilan chegarasida 900 kilometrlik kuchli qo‘riqlanadigan devor qurilishini boshladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishucha, ushbu mudofaa loyihasini amalga oshirish to‘liq hajmda davom etmoqda va yaqin kelajakda yakunlanishi ham mumkin. Devor an’anaviy to‘siqlar va yuqori texnologiyaga asolangan kuzatuv tizimlaridan iborat bo‘ladi.
Chaqirilmagan mehmonlarni dastlab harakatni qiyinlashtiruvchi va sekinlashtiruvchi maxsus qum to‘siqlar qarshi oladi. Keyin esa bir necha metrlik po‘lat devor va bir necha qatorlik maxsus to‘siqlar o‘rnatiladi. Chegarada 78 ta kuzatuv minorasi quriladi, ularning 40 tasiga 18−36 kilometr uzoqlikdagi obyekt harakatini kuzata oladigan zamonaviy radarlar o‘rnatiladi.
Izoh (0)