Qishloqlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shayotgan namunali uy-joylardan o‘tgan yili Navoiy viloyatidagi 17 ta massivda 677 ta qurilib, foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi.
Joriy yilda zamonaviy qulayliklarga ega bunday uylardan 745 ta barpo etish kutilmoqda. Qurilish ishlari 22 ta massivda keng ko‘lamda olib boriladi.
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi MChJ viloyat filialining ma’lumotiga ko‘ra, 3 xonali bunday uylar 166 million, 4 xonali namunali uy-joylar esa 172—173 million so‘m atrofidagi mablag‘ evaziga bunyod etiladi.
Izoh (0)