Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga qarshi qaratilgan suiqasdning oldi olindi. Bu haqda Today’s Zaman axborotiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, shahar markazida ikki portlash — dastlabkisi Erdo‘g‘an korteji paydo bo‘lishidan 15 daqiqa avval, ikkinchisi esa yarim soatdan so‘ng yuz bergan.
Portlashlardan so‘ng Anqara politsiyasi qidiruv-tintuv ishlari davomida yana ikkita portlovchi qurilma topgan.
Xabar berilishicha, hozirgi vaqtda ushbu holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.