AQSh prezidenti Barak Obama Amerikaning CNN telekanaliga bergan intervyusida AQSh va Rossiya o‘rtasida harbiy nizo yuzaga kelishini nafaqat AQShning o‘zi, balki butun dunyo uchun ham “oqilona to‘xtam” deb atab bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.
Jurnalistning Ukraina atrofida yuzaga kelgan vaziyat va Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat haqidagi savoliga javoban, Obama, uningcha, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar u ilk bora prezident lavozimini egallagan paytda eng yaxshi bosqichda bo‘lganini ta’kidladi.
Obama so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning rejasi birinchi o‘rinda qo‘shinlarni ishlatishga qaratilmaydi. “Bizga Rossiya kattadan-katta zarar ko‘rishi kerak, biz aynan shu bilan shug‘ullanayapmiz”, — dedi AQSh prezidenti va uning mamlakati Moskvaga diplomatik bosim ham o‘tkazishini qo‘shimcha qildi. “Vashington Rossiyadan uning Ukrainaga nisbatan siyosati uchun to‘lov undirishda davom etadi”, — dedi u.
Izoh (0)