31-yanvar kuni Italiya prezidentligiga Konstitutsiyaviy sud sudyasi, sobiq bosh vazir o‘rinbosari 73 yoshli Serjo Mattarella saylandi, deya xabar bermoqda “Liga. Novosti”. Uning nomzodi uchun parlamentning 650 a’zosi ovoz berdi, aslida buning uchun 505 ta ovoz yetarli.
Italiyaning 12-prezidenti mamlakatning barcha 20 ta viloyatlari vakillari ishtirokidagi palatalar umumiy majlisida parlament tomonidan saylandi. Mattarellaning nomzodi hukmron Demokratik partiya tomonidan ilgari surildi.
Yangi prezident keyingi hafta qasamyod qilishi kutilmoqda, uning vakolati muddati yetti yilni tashkil etadi.
Italiya sobiq prezidenti 89 yoshli Jorjo Napolitano yanvar boshida iste’fo bergan edi.
Izoh (0)