31-yanvar kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar karikaturalari chop etilishiga qarshi namoyishlarda kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda poytaxt IIB rahbari general Abdul Rahmon Rahimiyga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning aytishicha, namoyishchilar bank bo‘linmasiga hujum qilgan va huquq-tartibot posbonlari bilan jangga kirishgan. Politsiya hujumni qaytarib, moliyaviy muassasani talon-tarojdan himoya qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)