Yerdagi tuproq namligini o‘ta yuqori darajada aniqlash uchun NASA kosmosga yangi yo‘ldoshli raketani uchirdi, deya xabar bermoqda SMAP missiyasi rasmiy blogi. Ushbu sun’iy yo‘ldoshni ishlab chiqish va yasash, shuningdek uchirish uchun AQSh 915 million dollar sarfladi.
Soil Moisture Active Passive qurilmasi bungacha uchirilgan meteorologik yo‘ldoshlar ichida eng yuqori sezuvchanlikka egadir. U qurg‘oqchilik, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlashga yordam berib, mamlakat qishloq xo‘jaligi va meteorologik xizmatlari uchun foydali bo‘ladi.
Qurilmaga buning uchun maxsus radar va radiometr o‘rnatilgan, ular besh santimetrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi tuproq namligini aniqlashga yordam beradi.
Izoh (0)