Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti Vladimir Fortovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi ilmiy kutubxonada chiqqan yong‘in oqibatida 10 millionta kitobning 15 foizi − 1,5 million kitob yonib ketgan, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
30-yanvar tunda kelib chiqqan yong‘in 31-yanvar tungacha ham to‘liq o‘chirilmagan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘t o‘chiruvchilar ertalabgacha ishlashini ma’lum qilgan. Yong‘in nima sababdan kelib chiqqani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Bu qisqa tutashuv tufayli kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)