Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

31-yanvar kuni Italiya prezidentligiga Konstitutsiyaviy sud sudyasi, sobiq bosh vazir o‘rinbosari 73 yoshli Serjo Mattarella saylandi, deya xabar bermoqda “Liga. Novosti”. Uning nomzodi uchun parlamentning 650 a’zosi ovoz berdi, aslida buning uchun 505 ta ovoz yetarli.

Serjo Mattarella. Foto: strettoweb.com

Serjo Mattarella. Foto: strettoweb.com

Italiyaning 12-prezidenti mamlakatning barcha 20 ta viloyatlari vakillari ishtirokidagi palatalar umumiy majlisida parlament tomonidan saylandi. Mattarellaning nomzodi hukmron Demokratik partiya tomonidan ilgari surildi.

Yangi prezident keyingi hafta qasamyod qilishi kutilmoqda, uning vakolati muddati yetti yilni tashkil etadi.

Italiya sobiq prezidenti 89 yoshli Jorjo Napolitano yanvar boshida iste’fo bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?