“Ikki burgut” (Two Eagles) havo shari uchuvchilari — rossiyalik Leonid Tyuxtyayev va amerikalik Troy Bredli havo sharida uzoqqa parvoz etish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ular Tinch okeani ustidan 8465 km masofani bosib o‘tdi, bu bundan avvalgi rekord ko‘rsatkichdan 82 kilometrga ko‘pdir.
Rossiya-Amerika ekipaji parvozi 25-yanvar, yakshanba kuni Yaponiya shimolidagi Saga prefekturasida boshlandi. Payshanba kuni sayohatchilar Kaliforniya qirg‘oqlaridan 400 mil narida bo‘lgan. Ular 31-yanvar, shanba kuni Meksikaning Quyi Kaliforniya shtatiga qo‘nmoqchi.
Havo shari uchuvchilari rekordi Xalqaro aeronavtika federatsiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Izoh (0)