Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk 2014-yil yakunlari bo‘yicha 9,2 million dollar ishlagani ma’lum bo'ldi. Xodimlarning daromadlari haqidagi ma’lumotlar kompaniya rasmiy saytiga chiqarilgan, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Kompaniya rahbari o‘tgan yilda 1,7 million dollar maosh olgan bo‘lsa, 6,7 million dollar miqdorida bonuslarga ega bo‘lgan. Qolgan 770 ming dollar turli qoplama pullari, jumladan pensiya o‘tkazmalariga kirgan.
Shu tariqa, Kukning daromadi 2013-yilga qaraganda 2 martadan ko‘proq (avvalgi yil 4,2 million dollar bo‘lgan) miqdorga oshgan. Shunga qaramay, bosh direktor kompaniya top-menejerlaridan kamroq pul ishlagan.
Jumladan, Kukka bevosita bo‘ysunuvchi ulgurji tarmoqlarga javobgar vitse-prezident Anjela Anders 73 million dollar, moliyaviy direktor Luk Maestri 14 million dollar, internet-xizmatlarga mas’ul vitse-prezident Eddi Kyu 24 million dollar ishlagan.
Izoh (0)