Bugun, 23-yanvar kuni Saudiya Arabistoni taxtiga chiqqan yangi qirol Salmon ibn Abdul Aziz Al Saud o‘zining qirol sifatidagi ilk farmonini chiqardi. U o‘z o‘g‘lini yangi Mudofaa vaziri etib tayinlagan, deb xabar bermoqda “Kun.uz” “TASS” axborotiga tayanib.
Qayd etilishicha, Salmon ibn Abdul Aziz al Saud akasining o‘limidan keyin yangi qirolga aylangach, uning taxt vorisi etib, shu vaqtgacha Mudofaa vaziri sifatida ishlagan amir Muhammad ibn Naif tayinlangan.
Uning bo‘shagan o‘rnida esa yangi qirolning o‘g‘li Muhammad ibn Salmon Mudofaa vaziri vazifasini bajarishga kirishgan.
Izoh (0)