Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi dunyodagi eng yirik avtomobil sotuvchi maqomini 2014-yilda ham saqlab qoldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Toyota o‘zining sho‘balari bilan birgalikda butun dunyo bo‘ylab 10,23 million avtomobil sotgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 3 foizga ko‘pdir.
Shuningdek, Toyota tarixda ilk marta bir yilda 10 milliontadan ko‘p avtomobil sotishga erishdi. Yapon gigantidan keyingi o‘rinlarni yana Germaniyaning Volkswagen va AQShning General Motors kompaniyalari egallagan.
Qayd etilishicha, Toyota 3 yildan buyon bu borada yetakchilikni bermayapti. 2015-yilda kompaniya avtomobil sotish hajmini 1 foizga qisqartirib, butun dunyo bo‘ylab 10,15 millionta mashina sotishni rejalashtirgan.
Izoh (0)