Britaniyalik Alister Moffat parallel parkovka bo‘yicha Ginnes jahon rekordini yangiladi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”. Rekord Birmingemdagi Autosport International Show ko‘rgazmasi doirasida Fiat 500 hetchbekida o‘rnatildi.
Kaskadyor avtomobilni uning uzunligidan 7,5 santimetrga kattaroq bo‘lgan oraliqqa joylashga muvaffaq bo‘ldi. Rekord uchun Fiat 500’ning stabilizatsiya tizimi o‘chiq bo‘lgan standart versiyasi qo‘llanildi.
Moffat o‘zidan avvalgi ko‘rsatkichdan 0,5 santimetrga ustunlik qildi, u o‘tgan yilning noyabrida xitoylik Xan Yue tomonidan o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)