Qatarda oltindan yasalgan detallarga ega birinchi Lamborghini Aventador LP700-4 avtomobili paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Mashinaning disklari, orqani ko‘rish uchun mo‘ljallangan oynalari, radiatori panjarasi, bamperi, faralari hoshiyasi oltindan ishlangan. Salon ichida esa rul, panel taxtasi va markaziy konsol tilla tarkibga ega bo‘ldi. Dizayn uchun qancha metall sarflangani va uning probasi oshkor etilmayapti.
Bunday dizayndagi superkarni milliarder Jaben bin Abdulla al Xmaydiy buyurtirgan. Buyurtmani oltindan suvenir va kolleksiyaviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Maatouk Design London kompaniyasi bajargan. Shartnoma narxi noma’lum.
Izoh (0)