Buxoro viloyatida besh marta qamalgan shaxs o‘z kelinini bolta bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sudlanuvchi “yo‘q joydan janjal chiqarishga usta” bo‘lgan. Bungacha u 1996-yil o‘z xotinini o‘ldirgani uchun “xavfli retsidivist” deb topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, kelini yig‘ilib qolgan shishalarni olib chiqib, sotib yubormoqchi bo‘lib, og‘ilxonaga kirgan, biroq u yerdan chiqayotgan oyoq ostida turgan etikka qoqilib ketgan.
Qaynota kelinidan “etikni joyiga qo‘yish”ni qat’iy talab qilgan, kelin bu holatga indamagan, buni bepisandlikka yo‘ygan qaynota dastlab keliniga xaskash dastasi bilan hujum qilgan. Kelin og‘ilxonadan yugurib qochib chiqqanida, qaynota unga yetib olib, yiqitib, sochidan sudrab og‘ilxonaga olib kirgan va bolta bilan kelinning boshiga uravergan.
Qaynota 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi, halok bo‘lgan kelinning esa uch, besh yoshli va olti oylik uch nafar farzandi eri bilan qoldi.
Izoh (0)