Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda yosh sportchilarimiz ikkita oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, musobaqaning erkin kurash bo‘yicha vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida hamyurtimiz Rustam Jo‘rayev shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Iqtidorli kurashchimiz hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Raxat Qaljanni mag‘lubiyatga uchratdi.
Vazni 100 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida qatnashgan yana bir sportchimiz Hasan Rahimov finalda eronlik Amir Rizo Fattohiyni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 85 kilogramm og‘irlikdagi sportchilar bahsida Husan Rahimov uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)