Yaqinda o‘zbekistonlik klipmeyker Bahodir Yo‘ldoshev o‘zining Facebook’dagi sahifasiga rossiyalik xonanda Nyushaning “Sunami” nomli qo‘shig‘iga klip ishlash jarayoni tasvirlangan fotosuratlarni joylashtirdi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.
Klip 2014-yil kuzida Amerikada suratga olingan. Klipning asosiy qismi cho‘l hududidagi raqslardan iborat. Bosh erkak rolini Rihanna va Beyonce singari jahon yulduzlari bilan ishlagan amerikalik raqqos G Medison ijro etgan. Ushbu klip bir necha oydan buyon Rossiyaning deyarli barcha xit-paradlarida yetakchilik qilayotgani qayd etilgan.
Videoklip Nyushaning “Voyu na lunu”, “Ne perebivay”, “Vibirat chudo” va “Vishe” kliplarini suratga olgan Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan ishlangan. 1974-yilda Toshkentda tug‘ilgan klipmeyker Shahzoda, So‘g‘diyona, A-Studio, Maksim, Nyusha singari taniqli xonandalar bilan ishlagan.
Izoh (0)