“Ochlik o‘yinlari” filmlari orqali tanilgan aktrisa Jennifer Lourens “Cho‘kish” deb nomlangan filmda ishtirok etish uchun shartnoma imzoladi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
Fransiyalik g‘avvos ayol Odri Mestre hayoti haqida hikoya qiluvchi biografik filmga “Ochlik o‘yinlari”ni suratga olgan Frensis Lourens rejissorlik, Jeyms Kemeron prodyuserlik qiladi.
Odri Mestre 90-yillarda dengizning chuqur joylariga tushib, ko‘plab dunyo rekordlarini o‘rnatgan. 2002-yilda u chuqur suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan.
Izoh (0)