Huquqni muhofaza qiliuvchi organlar tomonidan Toshkent viloyatida uyushgan jinoiy guruhlarga ularning raqobatchilarini bartararaf etishda yordam bergan Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Navfal Imomatov, Shuhrat Fayzullayev va Ro‘zmat Mahkamov qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Yoshlar” telekanalining xabar berishicha, jinoyatchilar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani va Chirchiq shahri hududida faoliyat olib borgan.
“Militsionerlar o‘zlariga to‘g‘ri kelmagan tadbirkorlar uchun sun’iy to‘siqlar qo‘ygan, ularga nisbatan noqonuniy jinoyat ishlarini qo‘zg‘atgan va tuhmat orqali qamalishiga erishgan”, − deyiladi xabarda. Ayni paytda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)