Fransiyaning Charlie Hebdo haftanomasida Muhammad (s.a.v) payg‘ambar haqidagi karikaturalarning chop etilishi sivilizatsiyalar orasida ixtilofni yuzaga keltirishga urinishdir. Pokiston Tashqi ishlar vazirligining ushbu pozitsiyasini muassasa rasmiy vakili Tasnim Aslam ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Prezident va bosh vazir Pokiston xalqi bilan birgalikda Muhammad (s.a.v) payg‘ambarga chizilgan karikaturalarni qattiq qoralaydi. Karikaturalar butun dunyodagi musulmonlarning tuyg‘ularini qattiq haqoratladi”, − dedi u.
Shuningdek, Tasnim Aslam Pokiston so‘z erkinligini yoqlashini, biroq bu tamoyil dindorlarning hissiyotlarini haqoratlash uchun ishlatilmasligi lozimligini ta’kidladi. Qayd etilishicha, 16−18-yanvar kunlari Pokistonning barcha yirik shaharlarida ushbu karikaturalarga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilgan.
Izoh (0)