Futbol bo‘yicha 2015-yilgi Osiyo Kubogi tashkilotchilari musobaqa guruh bosqichining eng chiroyli gollari to‘plamini tayyorladi. To‘plam reyting ko‘rinishida emas, balki uchrashuvlar ketma-ketligi bo‘yicha saralangan, deb xabar beradi “Kun.uz”.
Musobaqa tashkilotchilari “B” guruhi 1-turi doirasidagi O‘zbekiston — Shimoliy Koreya (1:0) uchrashuvida hujumchi Igor Sergeyev, shuningdek, 3-turi doirasidagi O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni (3:1) uchrashuvida hujumchi Vohid Shodiyev tomonidan urilgan gollarni to‘plam uchun tanlab olgan.
https://www.youtube.com/watch?x-yt-ts=1421782837&feature=player_detailpage&v=npvY1DuyBmc&x-yt-cl=84359240
Qayd etish joiz, har ikkala holatda to‘p bosh bilan kiritilgan — Igor Sergeyevning goliga milliy terma jamoa sardori Server Jeparov hammualliflik qilgan bo‘lsa, Shodiyevga to‘pni o‘ng qanot himoyachisi Shavkat Mullajonov yetkazib bergan edi.
Izoh (0)