Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

12-yanvar kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK boshqaruvining 2014-yil yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, yutuq va kamchiliklar chuqur va xolisona tahlil qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlandiki, 2014-yilda O‘zbekiston temir yo‘l transporti tomonidan 19,95 million yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yildi, kompaniya stansiyalaridan 65,9 million tonna yuk jo‘natildi. Yo‘lovchi aylanmasi hajmi 3765 million yo‘lovchi-kilometrni, yuk aylanmasi hajmi esa 22,9 milliard tonna-kilometrni tashkil etdi.

Shuningdek, majlisda hisobot yilida kompaniya o‘z faoliyatini tizimining iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi barcha ko‘rsatkichlarni bajarishga va ularni sifat jihatdan yaxshilashga qaratganligini aniq raqamlar misolida bayon etildi.

Yig‘ilish davomida kompaniyaning kundalik faoliyatiga oid boshqa bir qancha masalalar ham atroflicha muhokama etildi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari, kelgusi ish rejalari belgilab olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi