Samarqand viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan keksa erkakning bolta yordamida o‘ldirilishi jinoyati fosh etildi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Qiz erta tongda bobosining oldiga borib, dugonalaridek kiyinishni istashini aytib undan pul so‘ragan. Bobosi bunga rad javobini bergach, u boltani olib kelib bobosining boshiga zarba bergan. Uni o‘ldirib qo‘yganini anglagach, onasining ishxonasiga borib bo‘lgan voqeani aytib bergan. Onasi qizga xolasinikiga borishini, ko‘rganlar bu ishni boshqa kishi qilgan deb o‘ylashi lozimligini uqtirgan.
Bu orada qo‘shnilardan biri ularnikiga kirib, jasadni ko‘rib qolgan va darhol tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlarini chaqirgan. Huquq muhofazachilari olib borgan surishtiruv natijasidda barcha gumonlar marhumning nabirasi aybdorligini ko‘rsatgan. Biroq ona va qiz buni tan olishdan bosh tortgan. Keyinchalik qizning o‘zi qilmishini tan olib, bundan qattiq afsuslanishini aytgan. Biroq endi u ushbu jinoyat uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)