VimpelCom Ltd “BMT” biznes-birligi avval VimpelCom Lao Co., Ltd (Laosdagi Beeline SB) kompaniyasiga boshchilik qilgan Vladimir Petrovni Unitel MChJ (Beeline SB) Bosh direktori lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni e‘lon qildi. U o‘z karyerasini “VimpelCom” kompaniyalar guruhidan tashqarida davom ettirishga qaror qilgan Aleksandr Vorobyovning o‘rnini egallaydi.
Tayinlanishni izohlar ekan, VimpеlCom kompaniyalar guruhi MDH davlatlarida biznеsni rivojlantirish bo‘yicha bosh tijorat direktori va vitsе-prеzidеnti v.b. Mixail Gerchuk shunday dеdi: “Vladimirga yangi lavozimda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Kuchli raqobatchilik va tez rivojlanayotgan bozor sharoitlarida uning telekom-kompaniyalaridagi ko‘p yillik ish tajribasi O‘zbekistondagi “Beeline” jamoasini yangi muvaffaqiyatlar va yutuqlarga olib kelishiga ishonaman”.
“Menga ko‘rsatilgan ishonchni yuksak qadrlayman, chunki Unitel – VimpelCom’ning eng muvaffaqiyatli va tez rivojlanayotgan kompaniyalaridan biri. O‘zbekistondagi Beeline’ning yangilangan shiori – Yetakchi! Ishonchli! Innovatsiyalar! – rivojlanishning butunlay yangi bosqichining poydevori bo‘lmish qadriyatlarni aks ettiradi. Aloqa sifati, yangi texnologiyalar, mijozga bo‘lgan yondoshish va biznesning ochiq-oydinligi – bularning barchasini abonentlarimiz bizdan kutib qolishmoqda, va men bularning barchasini amalga oshirish uchun astoydil harakat qilaman”, - dedi Vladimir Petrov.
Vladimir Petrov 1995-yilda Uzoq Sharqdagi admiral G.I. Nevelskiy nomidagi Dengiz davlat universitetining “Radioelektronika va radioaloqa” mutaxassisligi bo‘yicha oliy malumotni olgan. 2013-yilda Fransiyadagi INSEAD biznes maktabining Global Executive MBA dasturini o‘tgan. O‘z karyerasini Vladimir 1995-yilda telekommunikatsiya sohasida boshlagan. Uzoq Sharq va Sibirdagi aloqa operatori “Primtelefon” kompaniyasida aloqa injeneri lavozimidan bosh direktor o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarilgan. Keyin u ikki yil davomida Uzoq Sharq makrohududi direktori lavozimida Uzoq Sharqdagi MTS faoliyatiga rahbarlik qilgan. 2007-yildan 2008-yilgacha Vladimir Ukrainadagi internet-provayder va simli aloqa operatori – MTS kompaniyalar guruhiga kiruvchi “Komstar-Ukraina” kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
2008-yilda Vladimir VimpelCom kompaniyalar guruhiga qo‘shildi va Xoshimin shahridagi (Vyetnam) “Beeline” filiali direktori lavozimini egalladi. U yerda u tarmoq qurilishi va faoliyat yuritishi, hamda mamlakat hududlaridagi kanallar o‘tkazuviga mas’ul bo‘lgan, keyin esa Laosdagi “Beeline”ga boshchilik qildi, u yerda uning rahbarligi ostida biznes rivojlanishining yangi strategiyasi ishlab chiqarildi va amalga oshirilmoqda. Uning doirasida operatsiyalar geografiyasi va distributsiya tarmog‘i yaxshilandi. Oilali, bir nafar farzandi bor.
Izoh (0)