2015-yil dekabr oyida “Navoiy” erkin industrial iqtisodiy zonasi hududida zamonaviy telefonlar, planshetlar, noutbuklar va televizorlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimiyatidagi manbaga asolanib “Podrobno.uz” ma’lum qildi.
Ushbu ishlab chiqarishda Xitoyning Poyang shansung comers co. LTD kompaniyasi sheriklik qiladi. Kompaniya O‘zbekistonda UzHongKong chet el korxonasini ochgan bo‘lib, uning asosida gadjetlar va maishiy elektr texnikasini keng qamrovda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Yiliga 1,1 million dona mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Joriy yil oxirigacha esa 770 mingta turli mahsulotlarni chiqarish ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasidagi investitsiyalarning umumiy hajmi 3,8 million dollar bo‘lib, bunda 50 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Izoh (0)